BMT Bosh assambleyasida Falastin nomidan Turkiya so‘zga chiqadi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Anqarada Falastin muxtoriyati rahbari Mahmud Abbos bilan uchrashuvda 23-sentyabr kuni ochiladigan BMT Bosh assambleyasida Falastin nomidan Turkiya so‘zga chiqishini aytdi.
Erdo‘g‘anning ta’kidlashicha, Turkiya bundan keyin ham barcha platformalarda Falastin masalasini ko‘tarishda davom etadi.
U G‘azoda zudlik bilan sulh tuzilishini ta’minlash va mintaqadagi gumanitar fojiaga barham berish Turkiyaning ustuvor vazifasi ekanini aytgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter