Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

BMT komissiyasi Isroilning G‘azodagi harakatlarini genotsid deb tan oldi

BMT komissiyasi Isroilning G‘azodagi harakatlarini genotsid deb tan oldi

Foto: Getty Images

BMT komissiyasi Isroilning G‘azodagi harakatlarini genotsid deb tan oldi, deb xabar berdi RIA Novosti.

«Isroil hukumati G‘azo sektoridagi falastinliklarning guruh sifatida ko‘payish qobiliyatini, jumladan, farzand ko‘rishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni joriy etish orqali yo‘q qildi; va ataylab falastinliklarni guruh sifatida jismoniy yo‘q qilishga mo‘ljallangan turmush sharoitlarini yaratdi, bu Rim statuti va Genotsid jinoyatining oldini olish va jazolash to‘g‘risidagi konvensiyada («Genotsid to‘g‘risidagi konvensiya») genotsidning asosiy harakatlari hisoblanadi», — deyiladi BMT Falastinning bosib olingan hududidagi voqealarni tergov qilish bo‘yicha mustaqil xalqaro komissiyasi uning hisobotida.

Komissiyaning asosiy xulosalari:

  • Isroil G‘azo sektorida genotsidni davom ettirmoqda, uning aholiga nisbatan harakatlari 1948-yildan beri eng shafqatsiz tusga kirdi;
  • mamlakatning harbiy va siyosiy yetakchilari, jumladan, bosh vazir Binyamin Netanyahu bunga da’vat qilgan;
  • Tel-Aviv anklav aholisiga nisbatan genotsidning oldini ololmagani uchun javobgar;
  • mamlakatlar SAXAL (Isroil armiyasi)ning G‘azo va bosib olingan hududlardagi harakatlarini to‘xtatish uchun barcha vositalardan foydalanishi shart.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring