Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari ekojurnalistlar bilan uchrashdi

BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari ekojurnalistlar bilan uchrashdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Matilda Dimovska xonim bugun ekojurnalistlar va ekoblogerlar bilan norasmiy tarzda uchrashdi.

Maqsad — iqlim o‘zgarishiga moslashishda aholining xabardorligini oshirishda ekojurnalist va blogerlarning taklif-mulohazalarini eshitish, BMTTDning atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalar ko‘lamini kengaytirishdan iboratdir.

— Men O‘zbekistonda 4 yildan buyon faoliyat yuritaman va iloji boricha uning tabiatini asrashga o‘z hissamni qo‘shishga, bu borada hukumat, ekojurnalistlar va hamjamiyat faollariga ko‘maklashishga tayyorman—, dedi Matilda Dimovska xonim.

Suhbat davomida bugungi kunda iqlim o‘zgarishiga moslashishda mavjud kamchiliklar, «Yashil makon» umumilliy harakatini faollashtirish, fuqarolarni mazkur harakatga jalb etish borasidagi takliflar berilib, mavjud ekomuammolarga qarshi birgalikda kurashish borasida fikr almashinildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring