Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bolalar uchun bepul yozgi maktab ish boshladi

Bolalar uchun bepul yozgi maktab ish boshladi

Foto: «Tuit.uz»

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida «ZAKO – maktab yoshidagi bolalar uchun yozgi axborot texnologiyalari va innovatsiyalar maktabi» tashkil etildi.

Ushbu maktab 15 iyundan boshlab o‘z faoliyatini boshladi. Maktab faoliyatini boshlaganiga hali bir hafta bo‘lmasdan hoxlovchilar juda ko‘p. Hozirda 40 nafar 6 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar maktabning 2 haftalik kurslarida tahsil olishmoqda.

Foto: «Tuit.uz»

Bugun raqamli davrda yashayapmiz, kompyuterlar, smartfonlar va planshetlardan foydalanish inson hayotining muhim qismiga aylandi. Hatto kichik yoshdagi farzandlarimiz ham axborot texnologiyalari vositalaridan keng foydalanmoqda. Vaqt o‘tishi bilan bolalar ko‘proq texnik bilimga ega bo‘lib, ular sevimli texnologiyalarining negizini o‘rgana olmasliklari uchun hech qanday sabab yo‘q. Albatta, bolalarni yoshligidan AKT bilan tillashishni o‘rgatish va ulardan maqsadli foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish bugunning eng muhim vazifalaridan biriga aylandi. Bu kelajakda farzandimizning o‘z sohasining tengsiz vakili bo‘lishida yordam beradi.

Maktab dasturi doirasida bolalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan maqsadli foydalanish hamda qiziqarli o‘yinlar yordamida dasturiy ko‘nikmalarini shakllantirish maqsad kilib qo‘yilgan.

Foto: «Tuit.uz»

O‘quv rejadagi fan soatlari va mavzulari kurs tinglovchilarning talabiga muvofiq tashkil etiladi. O‘quv jarayoni guruhlarga bo‘lingan holda o‘tkaziladi. 1-bosqichda o‘quvchilarga alohida individual yondashishga harakat kilinib, ulardagi mavjud qobiliyatlari aniqlanadi. 2-bosqichda esa qobiliyatlariga karab topshiriklar beriladi va dasturlash yoki kompyuter texnikalarini tuzatishga oid ko‘nikmalar shaklllantiriladi.

Maktab kursini tugatgan o‘quvchiga rag‘bat sifatida sertifikat beriladi. O‘qish davri davomida turli dasturlashga oid o‘yinlar o‘tkazilib, g‘olib bo‘lgan bolalarni rag‘batlantirib borish ham ko‘zda tutilgan.

Bolalar uchun yozgi innovatsion maktabni tashkil etilishi, birinchi navbatda ta’til davrida maktab bolalarini bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga yordam bersa, ikkinchi navbatda bolalarning yoshligidan boshlab AKTga oid qobiliyatlarini ro‘yobga chikarishda qo‘l keladi. Eng asosiysi, maktabda bolalar butunlay bepul o‘qitiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring