Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bo‘lim boshlig‘i qo‘lga tushdi

Bo‘lim boshlig‘i qo‘lga tushdi

Tadbirkorga savdo do‘koni qurishga ruxsat olib bermoqchi bo‘lgan bo‘lim boshlig‘i ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Rishton tumani bo‘limlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Bag‘dod tumani «Yo‘llardan foydalanish» UKning harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘limi boshlig‘i B.T. tadbirkor D.ga avtobekat o‘rnida savdo do‘koni va avtobekat qurishi uchun tanishlari orqali ruxsatnoma olib berish evaziga 350 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring