Bosh prokuratura xodimi 37 yoshida vafot etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mas’ul xodimi Alisher Hoshimov koronavirus infeksiyasi ta’sirida vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.
Mahkama matbuot xizmati xodimning vafot etganini tasdiqlar ekan, marhum virus infeksiyasidan emas, balki insult natijasida dunyodan o‘tganini ta’kidladi. Va qo‘shimcha qildiki, o‘limga nima sabab bo‘lmasin, bu — nainki marhumning yaqinlari, balki tizim uchun ham katta yo‘qotishdir, zero, Alisher Hoshimov oqibatli, mehnatkash va samimiy inson sifatida hamkasblar e’tiborini qozongan edi.
Marhumning tuprog‘i yengil bo‘lsin, yaqinlariga chiroyli sabr bersin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter