Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun imtiyozlar beriladi, qonunchilik o‘zgaradi — Shavkat Mirziyoyev

Surxondaryoda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun imtiyozlar beriladi, qonunchilik o‘zgaradi — Shavkat Mirziyoyev

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ayni vaqtda Surxondaryo viloyatida faollar kengashi bo‘lib o‘tmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilish davomida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun beriladigan imtiyozlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

— Tadbirkorni «soliq to‘la», deb darhol bo‘g‘maslik kerak. U oyoqqa turib ketib, foydaga kirsa, o‘zi soliq to‘laydi. Biz uni qo‘llab-quvvatlashimiz, yordam berishimiz kerak. «Boysan, puling ko‘p», deb zug‘um qilishga haqqimiz yo‘q. Tadbirkor bo‘lgandan keyin boy bo‘ladi-da! Axir shuning uchun ishlamayaptimi?

Bizda tadbirkorlar yo‘qmi? Surxondaryoda tadbirkorlar yo‘qmi? Ularni qo‘llab-quvvatlasak, samarasi bo‘ladi, albatta.

Shu sababli Surxondaryodagi tog‘li va cho‘l hududlarida foyda solig‘i stavkasini ikki baravarga kamaytirishni taklif etaman. Shuningdek, Bandixon, Qiziriq, Muzrabot va Sherobod tumanlarida ochiladigan yangi tadbirkorlik sub’yektlarini yer, mol-mulk, kichik korxona aylanmasidan olinadigan soliqlar, yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy miqdordagi daromad solig‘idan 2024 yil 1 yanvarga qadar ozod etishimiz lozim.

Buning uchun bir oy muddatda ushbu imtiyozlar bo‘yicha Soliq kodeksiga tegishli qo‘shimchalar kiritish va ularni 1 iyuldan qo‘llash to‘g‘risidagi Qonun loyihasini ishlab chiqish topshirig‘ini berdim. Shu vaqtga qadar Surxondaryo uchun biror marta qonunchilik o‘zgartirilganmi? Bundan ortiq yana qanday imkoniyat kerak?

Tuman hokimi g‘o‘ddayib yurgandan ko‘ra, qancha tadbirkorga soliq imtiyozi berish kerakligini hisob-kitob qilib chiqsin. Surxondaryoda ishsiz bo‘lishi kerak emas, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring