Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Braziliya prezidenti Putin haqidagi gapidan qaytdi

Braziliya prezidenti Putin haqidagi gapidan qaytdi

Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni navbatdagi G20 sammitiga taklif qilishni va’da bergan Braziliya prezidenti Luis Inatsiu Lula da Silva o‘z so‘zidan qaytdi. Bu haqda Braziliyaning G1.Globo portali xabar berdi.

Qayd etilishicha, Xalqaro jinoiy sudning (XJS) hibsga olish haqidagi orderi uni o‘ylantirib qo‘ygan.

Braziliya rahbari Putinning tashrifi chog‘ida hibsga olinishi haqidagi qarorni hukumat yoki parlament emas, balki sudlar qabul qilishini ta’kidlab, avval bergan va’dasini o‘zgartirgan.

Avvalroq Braziliya rahbari 2024 yilda BRIKS assotsiatsiyasi (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika) sammitida ishtirok etish uchun Moskvaga tashrif buyurish niyatida ekanligi ma’lum bo‘lgan edi. Siyosatchi rossiyalik hamkasbining Braziliyadagi G20 sammitiga kelishidan umidvor ekanini va «Putin Braziliyaga bemalol kelishini» ta’kidlagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring