Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Braziliyalik 70 yoshli tabib shilqimlikda ayblanmoqda

Braziliyalik 70 yoshli tabib shilqimlikda ayblanmoqda

Foto: «Ria.ru»

Braziliyalik tabib Joan di Faria 19 yil-u 4 oy qamoq jazosiga hukm qilindi. U shilqimlikda ayblanmoqda, deb yozadi «Folha de São Paulo» gazetasi.

Joan di Faria Janubiy Amerika mamlakatida va uning tashqarisida «ruhiy tabib» sifatida dong taratgan. U o‘z amaliyotida spiritik seanslarni qo‘llab, ularda o‘zi medium vazifasini bajargan. Uni Joan di Deus («Xudoning Joani») deb atashlarini yoqtiradi.

2018-yil dekabrda Braziliyaning Goyas shtati prokuraturasi yuzlab ayollarning ko‘rsatmasiga asoslanib tabibga ayblov e’lon qildi. Ayollar spiritik seanslar vaqtida uning shilqimlik qilganligidan shikoyat qilishgan. Birinchi shikoyat Niderlandiya fuqarosiga tegishli. Joan di Deusning o‘zi aybsizligini iddao qilmoqda.

Payshanba kuni sudya to‘rtta isbotlangan jinoyat bo‘yicha hukm chiqardi. Tabib Abadianiya munitsipalitetdagi o‘zining markazida «xizmat» ko‘rsatish vaqtida bu jinoyatlarga qo‘l urgan. Ulardan ikkitasi firibgarlik yo‘li bilan zo‘rlash va yana ikkitasi nochor holda bo‘lgan shaxslarni zo‘rlash bilan bog‘liq. Ayblanuvchining yoshi yumshatuvchi holat deb topilgan – u 70 yoshdan oshgan.

Medium, shuningdek, soxta mafkuraviy e’tiqodlarni tarqatgani, noqonuniy qurol olib yurgani va hujjatlarni saqlani uchun javobgarlikka tortiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring