Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Devid Bekxemga ritsarlik unvoni berildi

Devid Bekxemga ritsarlik unvoni berildi

Angliya terma jamoasining sobiq sardori Devid Bekxem futbol va Britaniya jamiyatiga qilgan xizmatlari uchun rasman ritsarlik unvoniga sazovor bo‘ldi, deb xabar beradi BBC

50 yoshli Bekxem seshanba, 4 noyabr kuni Berkshirda bo‘lib o‘tgan marosimda qirol Charlz III tomonidan ritsarlik unvoniga sazovor bo‘ldi. 

"Men nihoyatda faxrlanaman. Odamlar mening qanday vatanparvar ekanligimni bilishadi - men o‘z vatanimni sevaman. Har doim monarxiya oilam uchun qanchalik muhimligini aytganman. Men dunyo bo‘ylab sayohat qilish baxtiga muyassar bo‘ldim va odamlar men bilan faqat bizning monarxiyamiz haqida gaplashmoqchi, bundan faxrlanaman", dedi sobiq futbolchi. 

Bekxem 2013 yilda futboldan nafaqaga chiqdi. U "Manchester Yunayted", "Real Madrid", PSJ, Milan va Los-Anjeles Geleksi jamoalarida o‘ynagan. Bekxem Angliya, Ispaniya va Fransiya chempionatlarida, shuningdek, Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan. Hozirda Bekxem Lionel Messi o‘ynaydigan Amerikaning "Inter Mayami" klubining ham egasidir

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring