Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bu yil «Oltin qalam» kimlarga nasib etdi?

Bu yil «Oltin qalam» kimlarga nasib etdi?

Mamlakatimizda matbuot va so‘z erkinligini ta’minlagan, jamiyatdagi dolzarb mavzularni xolis va haqqoniy yoritib kelayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlarini rag‘batlantirish an’anasi davom etmoqda. Sohaning eng nufuzi tadbirlaridan biri hisoblangan «Oltin qalam» xalqaro milliy mukofotining navbatdagi g‘olib va sovrindorlari nomi e’lon qilindi. To‘rtta asosiy yo‘nalish — bosma nashrlar, internet jurnalistikasi, radio hamda televideniye sohasida eng yuqori natija ko‘rsatgan ijodkorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Ijtimoiy-siyosiy va ma’rifiy jarayonlarni chuqur tahlil qilib kelayotgan matbuot nashrlari o‘rtasidagi bahsda quyidagi ijodkorlar e’tirof etildi:

  • 1-o‘rin: Milliy ma’rifat va jadidchilik g‘oyalarini targ‘ib etishdagi ulkan hissasi uchun Bosh muharrir Iqbol Mirzo rahbarligidagi «Jadid» gazetasi tahririyati jamoasi loyiq ko‘rildi.
  • 2-o‘rin: Taniqli jurnalist, Mudofaa vaziri maslahatchisi Olimjon O‘sarovga nasib etdi.
  • 3-o‘rin: Qoraqalpog‘iston hududidagi ijtimoiy-iqtisodiy mavzularni faol yoritib kelayotgan muxbir Alyona Aminova munosib ko‘rildi.

Zamon bilan hamnafas odimlayotgan va tezkor axborot makonida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan raqamli OAV vakillari orasida kuchli uchlik quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • 1-o‘rin: Salmoqli tahliliy materiallari bilan ajralib turuvchi Anhor.uz nashri Bosh muharriri o‘rinbosari Boburjon Karimovga topshirildi.
  • 2-o‘rin: Tezkorlik va sifatni uyg‘unlashtirgan Zamon.uz nashri Bosh muharriri o‘rinbosari Javohirbek Tursunov loyiq ko‘rildi.
  • 3-o‘rin: Ijtimoiy va mehnat huquqlari tizimidagi dolzarb masalalarni yorituvchi «Ishonch.uz» nashri muharriri Maftuna Karimovaga nasib etdi.

G‘oyibona efir orqali tinglovchilar qalbiga yo‘l topgan, audiojurnalistika rivojiga hissa qo‘shayotgan ijodkorlar ham yuksak e’tirofga sazovor bo‘lishdi:

  • 1-o‘rin: «Yoshlar» teleradiokanali bosh muharriri Nargiza Kamolova g‘olib deb topildi. E’tiborli jihati, mahoratli ijodkor 2019 yilda ham ushbu nufuzli mukofotga sazovor bo‘lgan edi.
  • 2-o‘rin: Ko‘pchilikning mehrini qozongan «Oriyat Dono» radiosi boshlovchisi Sanjar Tursunovga nasib qildi.
  • 3-o‘rin: Hududiy radioeshittirishlar rivojiga mehnat sindirayotgan «Navoiy» radiosi katta muharriri Shahnoza Mahmudova loyiq deb topildi.

Ekran orqali voqealar markazidan lavhalar uzatuvchi, tomoshabinlar e’tiboridagi telejurnalistlar:

  • 1-o‘rin: O‘ziga xos uslubga ega «Ruhsor» telekanali muxbiri Ahrorjon Ziyatovga topshirildi.
  • 2-o‘rin: Keng ommalashib borayotgan «Safar» teleloyihasi muallifi Umidaxon Nurmatova egalladi.
  • 3-o‘rin: «Renessans» telekanalining yosh va intiluvchan jurnalisti Olloyorxon Xasanovga nasib etdi.

«Oltin qalam» milliy mukofoti soha vakillari uchun nafaqat yuksak sharaf, balki kelajakdagi ijodiy parvozlar uchun katta mas’uliyat hamdir. Barcha g‘olib va sovrindorlarni ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring