Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun Emmanuel Makron uchun bayram (foto)

Bugun Emmanuel Makron uchun bayram (foto)

Emmanuel Makron oila a’zolari qurshovida.

Bugun,  21-dekabr kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 45 yoshga to‘ldi.

Emmanuel Makron 1977-yilning 21-dekabrida shifokorlar oilasida dunyoga kelgan. Otasi — Pikardiya nevrologiya universiteti professori Jan-Mishel Makron, onasi — shifokor Fransuaz Makron-Noges.

Makron — mamlakatning Jak Shirakdan so‘ng, ikkinchi muddatga qayta saylangan ikkinchi prezidenti. Har ikki prezidentni bog‘lab turuvchi yana bir omil — futbol. Ularning prezidentlik davrida (birinchi muddat) Fransiya terma jamoasi jahon chempioni bo‘lgan. Makronning «chempionligi» 2018-yili Rossiya mezbonlik qilgan mundialga to‘g‘ri keldi. Finalda fransuzlar xorvatlarni 4:2 hisobida yengishgandi.

Qatorasiga ikki marta chempionlikni tantana qilish nasib etmadi — Makron sovg‘asiz qoldi. Ammo uning uchun hozir eng muhimi mushkul iqtisodiy vaziyatdan Fransiyani, energetik inqiroz tufayli yuzaga kelgan og‘ir qishdan fransuzlarni eson-omon olib chiqish.  

Bugungi kundagi eng mashhur ikki mashhur fransuz.

Kecha, 20-dekabr kuni fransuzlar yetakchi futbolchisi Kilian Mbappe muchal yoshiga to‘lgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring