Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun Yevropa ittifoqi koronavirusga qarshi kurashga 7,5 mlrd yevro yig‘a oladimi?

Bugun Yevropa ittifoqi koronavirusga qarshi kurashga 7,5 mlrd yevro yig‘a oladimi?

Foto: «RIA Novosti»

Bugun, 4-may kuni Yevropa ittifoqi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan birgalikda butunjahon onlayn-marafonini o‘tkazmoqda (Bryussel vaqti bilan soat 15:00 da boshlanadi).

«Koronavirusga global javob» marafonidan maqsad kasallikka qarshi vaksina hamda dorilar ishlab chiqarish uchun kerakli mablag‘ni yig‘ishdir.

Xalqaro donorlik telekonferensiyasini o‘tkazish tashabbusini 15-aprel kuni Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen bildirib, tashkilotlar, kompaniyalar va mamlakatlarni butunjahon COVID-19 ga qarshi kurashish harakatiga xayriya qilishga chaqirdi. Taklif JSST, xalqaro tashkilotlar va mamlakatlar tomonidan iliq kutib olindi.

Tashabbusni birinchilar qatorida qo‘llagan Saudiya Arabistoni 500 mln. dollar ajratdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring