Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janub va cho‘l hududlarida yana kuchli jazirama kuzatiladi

Janub va cho‘l hududlarida yana kuchli jazirama kuzatiladi

Foto: Xabar.uz

Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘istonda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyati tog‘ oldi va tog‘li hududlari bo‘yicha (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin, ba’zi joylarda shamol 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 36-41°, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 43-45° gacha bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 39-41° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-35° bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring