Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun tunda Oy to‘liq tutiladi

Bugun tunda Oy to‘liq tutiladi

Foto: «Sputnik»

Bugun, 27-iyuldan 28-iyulga o‘tar kechasi Oyning to‘liq tutilishi kuzatiladi. Ushbu hodisa O‘zbekistonning barcha hududida ko‘rinadi.

«Gazeta.uz» nashri xabariga ko‘ra, Oy tutilishi butun O‘zbekiston hududida bir vaqtda — 23:24 da boshlanadi, bunda Yer soyasi Oy diskini sekin-asta to‘sa boshlaydi. Bir soatdan keyin, ya’ni 28-iyul soat 00:29 da Oy sirti soya bilan batamom qoplanadi, tutilishning to‘la fazasi boshlanadi.

Quyosh tutilganida u qisman yoki to‘liq ko‘rinmay qoladi. Oy tutilishida esa Oy butun tutilish davomida ko‘rinib turadi. Faqat u soya ichida harakatlana boshlaganda u qizg‘ish-jigarrang tusda ko‘rinadi.

To‘la tutilish fazasining davomiyligi 1 soat 43 minutni tashkil qiladi, ya’ni Oy 103 minut davomida soyada bo‘ladi. U soat 2:14 da soyadan chiqa boshlaydi, soat 3:20 da esa butunlay soyadan xoli bo‘ladi. Tutilishning umumiy davomiyligi esa salkam 4 soatni tashkil etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring