Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda 70 yoshli kishi qo‘shni ayolning yuragiga o‘roq sanchib qo‘ydi

Buxoroda 70 yoshli kishi qo‘shni ayolning yuragiga o‘roq sanchib qo‘ydi

Joriy yilning 24-noyabr kuni soat 08:30 lar atrofida Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanidagi Gajdumak mahallasida janjal kelib chiqqan.

Viloyat IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uyi oldida obodonlashtirish bilan shug‘ullanayotgan 70 yoshli kishi daraxtning shoxlarini kesayotganida 55 yoshli qo‘shnisi (ayol) g‘azablanib, daraxt o‘ziga tegishli ekanligini aytadi.

Ular o‘rtasida dahanaki janjal boshlanib ketib, erkak qo‘lidagi o‘roq bilan ayolning yuragiga uradi. Ayol voqea joyida vafot etgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, ayol chap yelkaning yuqori orqa yuzasidan chap ko‘krak qafasiga o‘tib, o‘tkir kesuvchi buyum bilan urilgan zarba natijasida ichki va tashqi qon ketishi natijasida vafot etgan. 

Erkakka nisbatan 97-modda 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring