Chilonzorda tashlab ketilgan bir necha kunlik chaqaloq shifoxonaga joylashtirildi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 1 aprel kuni soat 22.00larda, 17-daxa 1-uy oldida matoga o‘ralgan 7-10 kunlik sog‘lom qiz bola chaqaloq topildi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Chaqaloq Uchtepa tumanida joylashgan ona-bola shifoxonasiga joylashtirilgan. Uning onasini aniqlash choralari ko‘rilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter