Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Choyga shakar, asal, limon qo‘shib ichmang! Diyetolog ogohlantiradi

Choyga shakar, asal, limon qo‘shib ichmang! Diyetolog ogohlantiradi

Foto: Quora

Sog‘lig‘ingizga putur yetkazishni istamasangiz, choyga ayrim mahsulotlarni qo‘shib ichishdan tiyiling. Bu haqda diyetologlar ogohlantirishmoqda.

Mutaxassislar «qora ro‘yxat»ga birinchi navbatda shakarni kiritishdi — muntazam shirin choy iste’mol qilish oqibatida moddalar almashinuvi sekinlashib, qandli diabetni keltirib chiqarishi mumkin.

Choyga asal qo‘shish ham mumkinmas, umuman olganda, asal yuqori harorat bilan chiqishmaydi — 60 darajagacha qizdirilganida kanserogen (saraton chaqiruvchi modda)ga aylanadi, deyishmoqda diyetologlar.

Navbat limonga... To‘g‘ri, yuqoridagilardan farqi, limonli choy bezarar, ammo foydali ham emas. Qaynoq choy sitrus mevadagi hamma vitaminlarni o‘ldirib yuboradi.

Diyetologlar choyga sut qo‘shib iste’mol qilishdan ham ogohlantirishdi: chunki choy tarkibidagi antioksidantlarning organizm tomonidan o‘zlashtirilishini yomonlashtiradi.

Yangilik xususiyatiga ega xabarlarni shifokor tavsiyasi sifatida qabul qilmaslik kerak. Albatta mutaxassis bilan maslahatlashing!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring