Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

CNN: Tramp Eron bilan kelishuv yaqinligini kamida 39 marta e’lon qilgan

CNN: Tramp Eron bilan kelishuv yaqinligini kamida 39 marta e’lon qilgan

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan kelishuv imzolanishi yaqinligi haqida Isroil–Eron mojarosi boshlanganidan buyon kamida 39 marta ommaviy bayonot bergan. Bu haqda CNN telekanali xabar qildi.

Telekanal tahliliga ko‘ra, Tramp mart oyi oxiridan buyon har uch kunda kamida bir marta Vashington va Tehron o‘rtasidagi kelishuv tez orada imzolanishi mumkinligini ta’kidlab kelgan.

Navbatdagi shunday bayonotni u 11-iyun kuni berdi. Trampning aytishicha, AQSh va Eron o‘rtasidagi kelishuv hujjatlari deyarli tayyor bo‘lib, uni shu hafta oxirida Yevropada imzolash mumkin.

«Hujjatlar deyarli yakuniy ko‘rinishga keltirildi. O‘ylaymanki, barchasi juda tez hal bo‘ladi», – dedi AQSh prezidenti.

Biroq Eron hukumatiga yaqin Tasnim agentligi ma’lumotiga ko‘ra, kelishuv hali mamlakat rahbariyati tomonidan yakuniy ma’qullanmagan. Manbalarning aytishicha, hujjat hozircha tegishli idoralarda ko‘rib chiqilmoqda.

Axios nashrining yozishicha, muhokama qilinayotgan memorandum Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qayta ochish, Eronga nisbatan ayrim sanksiyalarni yumshatish va o‘t ochishni to‘xtatish rejimini 60 kunga uzaytirishni nazarda tutadi. Shu davrda tomonlar Eron yadroviy dasturi bo‘yicha qo‘shimcha muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, Trampning kelishuv bo‘yicha bayonoti Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu uchun kutilmagan holat bo‘lgani aytilmoqda. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Netanyaxu so‘nggi kunlarda AQSh ma’muriyatidagi yaqin hamkorlari orqali muzokaralar tafsilotlarini bilishga uringan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring