Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana yomg‘ir, qor bo‘lishi kutilmoqda — O‘zgidormet

Yana yomg‘ir, qor bo‘lishi kutilmoqda — O‘zgidormet

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston bo‘yicha 2024 yil 2-4 fevral kunlariga ob-havo prognozi taqdim etildi.

Ertaga O‘zbekiston hududiga nam havoning yangi qismi kirib kelishi boshlanadi. Shanba kuni Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, kunning ikkinchi yarmida Samarqand, Jizzax viloyatlarida va kechga tomon Sirdaryo viloyatida ba’zi joylarda asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi.

Yakshanba kuni respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda.

Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Kunduzgi harorat 2-4 fevral kunlari 3-8 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Kechasi harorat asosan 0-5 daraja sovuq, ba’zi joylarda 3 daraja iliqqacha bo‘ladi.

3-4 fevralda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Poytaxtimizda bugun va ertaga yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 2-4 daraja sovuq, kunduz kunlari 4-6  iliq bo‘ladi.

Yakshanba kuni biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 3-5 daraja iliq bo‘ladi.

Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring