Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Toshkent City»dagi banklar binosi sotuvga qo‘yiladi

«Toshkent City»dagi banklar binosi sotuvga qo‘yiladi

Foto: Xabar.uz

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «Asakabank» AJ, «O‘zsanoatqurilishbank» ATB va AT «Aloqabank»ga tegishli «Toshkent City» xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi yangi ko‘p qavatli binolarini ommaviy savdolar orqali sotilishi to‘g‘risida e’lon qildi.

Ushbu bitimga «KPMG» kompaniyasi sotish jarayonini tashkil etish bo‘yicha konsultant sifatida jalb qilingan.

Davaktiv agentligi mazkur sotuv jarayonlarini tashkillashtirishda tijorat banklari (aktiv egalari) va konsultant harakatlarini muvofiqlashtiradi.

Savdo jarayonlarining mazkur bosqichida, konsultant tomonidan investorlarning mazkur aktivlarni sotib olishga bo‘lgan qiziqishlari o‘rganiladi. Bozordagi ushbu Biznes markazlarini sotib olishga bo‘lgan qiziqishini o‘rganish, KPMG tomonidan Aktivlar to‘g‘risida tayyorlangan investitsion tizerlarni sohadagi investorlarga, shu jumladan xalqaro investorlarga yuborish va ular bilan individual muloqotga kirish orqali amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Investorlarning mazkur Biznes markazlarini sotib olishga qiziqishlarini, shuningdek sotib olish shakli ya’ni binoni to‘liq sotib olish yoki lotlarga bo‘lgan holda sotib olish bo‘yicha fikrlarini o‘rganish orqali sotishga yondashuv mexanizmi ishlab chiqiladi.

Davaktiv agentligi va tijorat banklari sotish jarayonining ketma-ketligini o‘zgartirish yoki potensial xaridorga (xaridorlarga) sotishni yoki sabablarini tushuntirmasdan istalgan vaqtda ular bilan muzokara olib borishni rad etish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring