Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dilshod Akramovni o‘ldirishda gumonlanayotgan IIBB xodimi qo‘lga olindi

Dilshod Akramovni o‘ldirishda gumonlanayotgan IIBB xodimi qo‘lga olindi

Foto: Xalqaro press-klub

Ichki ishlar vazirligi Post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Akramovni o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi va unga nisbatan qamoqqa olish chorasi qo‘llandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib «Gazeta.uz» xabar qilmoqda.

Jinoyat sodir etishda gumon qilinib shahar IIBB HPB (Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi) katta inspektori R.Abdullayev (1985-yilda tug‘ilgan, IIV tizimida 2009-yildan ishlab kelgan) ushlangan, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil 4-avgust kuni soat 21:10 larda Mirobod tumani, T.Shevchenko ko‘chasida joylashgan IIVga qarashli PPX va JTSBB binosining ikkinchi qavatidagi o‘z xizmat xonasida Dilshod Akramovning (1979-yilda tug‘ilgan, IIV tizimida 1996 yildan ishlagan, shahar IIBB PPX va JTSBB Bosh boshqarma boshlig‘i) murdasi qotillik alomatlari bilan topilgandi.

2018-yil 4-avgust kuni mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi «j» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mazkur jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov Bosh prokuratura «O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish» boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring