Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Donetskda tug‘ilgan kunini nishonlangan «Roskosmos» sobiq rahbari jiddiy yaralandi

Donetskda tug‘ilgan kunini nishonlangan «Roskosmos» sobiq rahbari jiddiy yaralandi

21 dekabr kuni tunda Donetsk hududidagi otishma chog‘ida Rossiya hukumati sobiq bosh vazir o‘rinbosari, «Roskosmos» sobiq rahbari Dmitriy Rogozin va tan olinmagan DXR hukumati raisi Vitaliy Xotsenko yaralandi.

Rogozin va Xotsenkoning atrofidagilar ishontirishicha, ularning hayotiga hech qanday xavf yo‘q. Rogozinning o‘zi Rossiya davlat telekanaliga bergan intervyusida yaralanganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, snaryad parchasi umurtqa pog‘onasidan bir santimetr o‘tib ketgan.

«Baza» nashri xabariga ko‘ra, Rogozin boshning yumshoq to‘qimalari, orqa qismi va chap son qismidan yaralangan. 

Snaryadlar Rogozin chorshanba kuni 59 yoshini nishonlagan mehmonxona-restoranga kelib tushgani aytilmoqda. Mazkur mehmonxona front chizig‘idan bor-yo‘g‘i 20 kilometr uzoqda joylashgan. 

Hali yakuniy tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa halok bo‘lganlar ham bor, biroq bir necha kishi jarohatlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring