Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyo aholisi Yer atrofidan o‘tuvchi kometani ko‘rishi mumkin. Bunaqasi 437 yilda bir marta bo‘ladi

Dunyo aholisi Yer atrofidan o‘tuvchi kometani ko‘rishi mumkin. Bunaqasi 437 yilda bir marta bo‘ladi

Joriy yilning 17 sentyabr kunlari Shimoliy yarim shar(ekvatordan shimolda joylashgan hududlar) aholisi har 437 yilda bir marta Yer atrofidan uchib o‘tuvchi kometani kuzatishi mumkin. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

Nishimura nomli kometa bir oy oldin olimlar tomonidan aniqlangan edi. Olimlarning qayd etishicha, qulay ob-havo sharoitida osmon jismini oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin.

Nishimura kometasi 17 sentyabr kuni Yerdan 125 million kilometr uzoqlikda uchib o‘tadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, keyingi safar kometani 2460 yilda ko‘rish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring