Yerni 12800 yil avval sovitib yuborgan kometa izlari topildi

G‘arb olimlari Rossiya FA geofiziklari bilan hamkorlikda 12 800 yil muqaddam Yer bilan to‘qnashib, uzoq muddat havo harratini sovitib yuborgan kometa izlarini dengiz tubida topishdi. Tadqiqot natijalari PLOS One jurnalida chop etildi.
Yer nega qo‘qqisdan sovib ketgan? Yillik harorat 10 daraja pasayib, umumiy harorat pasayishi taxminan 1200 yil davom etishiga nima sabab bo‘lgan? Bu savollarga olimlarda hanuz yakdil javob yo‘q edi. Yaqin-yaqingacha quruqlikdagi va muzliklardagi geologik topilmalar kometa gipotezasini tasdiqlasa-da, aynan suv ostida yashirinib yotgan dalil yetishmayotgandi.
Kristofer Mur boshchiligidagi Janubiy Karolina universiteti olimlari Grenlandiyaning g‘arbiy qirg‘oqlarini yuvib turuvchi Baffin dengizi tubidan, 0,5-2,4 km chuqurlikdan olingan to‘rtta kern (namuna)ni geokimyoviy tahlil qilishdi. Tahlil natijasida kometa changi tarkibiga mos keladigan metall zarralari (nikel, temir), shuningdek, platina, iridiy, nikel va kobaltning yuqori miqdordagi mayda zarralari (bu ularning Yerdan tashqarida hosil bo‘lganini ko‘rsatadi) mavjudligi aniqlandi.

«Yerning kometalar bilan to‘qnashuvi iqlim o‘zgarishlariga, tamaddunlarning halokatiga olib kelgan. Taxminan 12800 yil oldin sodir bo‘lgan falokat — shulardan biri edi. Baffin dengizi tubidagi ushbu halokatning mikroskopik izlarini batafsil o‘rganib, topilgan mikrozarralarning morfologiyasi va tarkibi bo‘yicha kometa moddasining ko‘plab qoldiqlarini topdik.
Yer atmosferasiga tarqalgan kometa changi qisqa muddatli «kosmik qish» yuzaga kelishi uchun yetarli bo‘lgan. Ana shundan so‘ng 1400 yillik sovish davri boshlangan. Olingan natijalar taxminan 12800 yil oldin Yer katta kometa bilan to‘qnashgan degan farazni tasdiqlaydi», — dedi tadqiqot ishtirokchisi, RFA Yer fizikasi instituti filiali — «Borok» geofizik observatoriyasi laboratoriyasining yetakchi ilmiy xodimi Vladimir Selmovich.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter