Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyo bo‘yicha eng ko‘p migrant qayerda yashashi hisoblab chiqildi

Dunyo bo‘yicha eng ko‘p migrant qayerda yashashi hisoblab chiqildi

Foto: «RIA Novosti»

BMT va Jahon banki ma’lumotiga ko‘ra, migrantlar soni bo‘yicha AQSh dunyoda birinchi o‘rinda turadi: u yerda qariyb 50 million kishi istiqomat qiladi. Ikkinchi o‘rinni Saudiya Arabistoni egallagan — 37 million kishi. Germaniya bilan Rossiya uchinchi o‘rinda: taxminan 12 million migrant. Undan keyin Buyuk Britaniya va BAA — 8 milliondan ziyod, Fransiya va Kanada — 8 milliondan kamroq migrant yashamoqda. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bergan.

Biroq bu ko‘rsatkichga qarab migrantlarning kam yoki ko‘pligini baholash qiyin. Shu bois u mamlakat aholisi soni bilan taqqoslanadi. Bu borada Yaqin Sharq mamlakatlari yetakchilik qilmoqda: BAA — umumiy aholisining 88 foizidan ko‘pini migrantlar tashkil etadi, Quvayt — 75 foiz, Qatar — 65 foiz, Bahrayn — 48 foiz, Ummon — 45 foiz, Saudiya Arabistoni — 37 foiz. Taqqoslash uchun: Shveysariya — 30 foiz, AQSh va Germaniya 15 foiz, Buyuk Britaniya va Fransiya — 12 foiz, Rossiya — 8 foiz.

Yevropa mamlakatlari orasida Skandinaviya mamlakatlarida migrantlar ko‘pchilikni tashkil etadi: Shvetsiya — 17 foiz, Norvegiya — 15 foiz, Islandiya — 13 foiz, Finlyandiya — 7 foiz. Bu borada Yevropada, ayniqsa, mitti davlatlar ajralib qolgan: u yerda aholining yarmini migrantlar tashkil etadi: Lixtenshteyn — 65 foiz, Monako — 55 foiz, Andorra — 53 foiz, Lyuksemburg — 45 foiz. Olis davlatlarda ham migrantlarni kam deb bo‘lmaydi: Kanada — 21 foiz, Avstraliya — 29 foiz, Gonkong — 39 foiz, Isroil — 24 foiz, Yangi Zelandiya — 23 foiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring