Dunyodagi eng uzun aviareys yo‘lga qo‘yilmoqda

China Eastern Airlines aviakompaniyasi Shanxay (Xitoy)dan Buenos-Ayres (Argentina)ga dunyodagi eng uzun aviareysni yo‘lga qo‘ymoqda. Parvozlarni 316 yo‘lovchiga mo‘ljallangan Boeing 777-300ER samolyotlari bajaradi.
South China Morning Post xabariga ko‘ra, birinchi parvoz 4-dekabr kuni amalga oshiriladi. Samolyot jami 20 ming km masofani uchib o‘tadi, faqat o‘rtada Yangi Zelandiyaning Oklend shahrida ikki soatlik bitta tranzit to‘xtash amalga oshiriladi.
Yangi yo‘nalish Oklendning Osiyo va Janubiy Amerika o‘rtasidagi janubiy transport tuguni sifatidagi rolini kuchaytirishga xizmat qilishi mumkin.
Parvozning davomiyligi: Shanxaydan Buenos-Ayresgacha — 25,5 soat, Buenos-Ayresdan Shanxaygacha — 29 soat (qarshi shamollar sababli).
Aviaqatnovlar haftasiga ikki marta bo‘lishi rejalashtirilmoqda. Chipta narxlari: ekonom-klass — 1 500 yevrodan boshlanadi, biznes-klass — 4 200 yevro va undan yuqori.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter