Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DXX: Bolalar uchun bayram tadbiri tashkil etildi

DXX: Bolalar uchun bayram tadbiri tashkil etildi

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Davlat xavfsizlik xizmatining «Matonat» sport majmuasida madaniy-ko‘ngilochar va ommaviy sport tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda o‘sib kelayotgan yosh avlod o‘rtasida ommaviy sportni, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga hamda ularning yozgi ta’tilni maroqli o‘tkazishlariga alohida e’tibor qaratildi.

Chegara qo‘shinlari orkestri tomonidan ijro etilgan musiqa sadolari ostida o‘tkazilgan tadbirning ochilish marosimidan so‘ng, Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi 14-sonli va Bo‘ka tumanidagi 15-sonli mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari hamda DXX xodimlarining farzandlaridan iborat 300 nafardan ortiq bolalar o‘rtasida sportning mini-futbol, badminton, suzish va quvnoq estafeta turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

Bellashuvlarni respublika sport federatsiyalari hakamlari nazorati ostida o‘tkazilishi, bahslarda eng kuchlilar g‘olib chiqishini ta’minladi.

Shuningdek, ijodkor bolajonlar o‘rtasida rasm chizish bo‘yicha ham tanlov tashkil etildi.

Ayniqsa, musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga medal hamda esdalik sovg‘alarining taniqli sportchilar tomonidan topshirilishi ularga cheksiz quvonch bag‘ishladi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan ommaviy tadbirda estrada xonandalari, «O‘zbekdavlatsirk» artistlari hamda ertak qahramonlarining o‘ziga xos chiqishlari bolajonlarga haqiqiy bayramona kayfiyat ulashdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring