Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX firibgarlikda gumonlangan MChJ bo‘lim boshlig‘ini qo‘lga oldi

DXX firibgarlikda gumonlangan MChJ bo‘lim boshlig‘ini qo‘lga oldi

Transport vazirligi tarkibidagi «Uzavtotrans servis» MChJda bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlovchi «T.A.» Rossiya fuqarosi «A.V.»ga tegishli xalqaro yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi MChJ avtobuslarining Toshkent – Samara shaharlari o‘rtasida charter qatnovlarini yo‘lga qo‘yish uchun mansabdor tanishlari orqali yordam berishni va’da qilib, xizmati evaziga 2020 yilning iyul oyida undan 5000 AQSh dollari oladi.

Ammo va’dasining ustidan chiqa olmagach, mazkur shaxs pulning 2700 AQSh dollarini qaytarib, turli bahonalar bilan qolgan 2300 AQSh dollarini bermaydi.

Aldanganligini tushunib yetgan jabrlanuvchi huquq-tartibot idoralariga murojaat qiladi.

DXX hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda «T.A.» muqaddam olgan pulining 300 AQSh dollarini qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring