Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DXX Tojikistondan kirib kelgan narkotikni to‘xtatishga muvaffaq bo‘ldi

DXX Tojikistondan kirib kelgan narkotikni to‘xtatishga muvaffaq bo‘ldi

Videodan kadr.

Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida fuqaro boshqaruvidagi «Damas» avtomashinasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, uning salon qismida 1 kg 329 gr «gashish» moddasi borligi ma’lum bo‘ldi.

DXX viloyat boshqarmasi tomonidan aniqlanishicha, ushbu giyohvandlik moddasi Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan Beshariq tumaniga o‘tkazilgan.

Sirdaryo viloyatidagi holatda esa «Farg‘ona – Sirdaryo» yo‘nalishida harakatlanayotgan «Cobalt» rusumli avtomashina Guliston shahriga kirish qismida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, undagi yo‘lovchidan 274 dona «Regapen» va 33 dona «Tropikamid» kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.

DXX viloyat boshqarmasi tomonidan olib borilgan tadbir davomida ushbu kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari Qirg‘izistondan noqonuniy yo‘llar bilan olib kelingani ma’lum bo‘ldi.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring