Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yerda turgan samolyotda katapulta ishlab ketsa nima bo‘ladi? Qrimda ikki uchuvchi buni boshidan o‘tkazdi

Yerda turgan samolyotda katapulta ishlab ketsa nima bo‘ladi? Qrimda ikki uchuvchi buni boshidan o‘tkazdi

«Su-30SM».

Foto: «Aviatsiya Rossii»

Qrimdagi Saki aerodromida «Su-30SM» qiruvchi samolyotining katapulta tizimi rejadan tashqari ishga tushib ketdi. E’tiborli tomoni, hodisa payti samolyot yerda turgandi. Bu haqda Janubiy harbiy okrug matbuot xizmatiga asoslanib, «RIA Novosti» xabar berdi.

«Katapulta ishga tushishi oqibatida hech kim jabrlanmadi. Har ikki uchuvchi tirik», — deyiladi JHO bayonotida.

Xabarga ko‘ra, favqulodda vaziyat sabablarini maxsus komissiya o‘rganadi, ekspertlar aerodromda turgan samolyotni tekshirishni boshlashgan.

Ma’lumot uchun: «Su-30» (NATO kodifikatsiyasida: «Flanker-C») 1989-yil 31-dekabrida ilk parvozini amalga oshirgan, 1992-yildan foydalanish boshlangan ikki o‘rinli, ko‘p maqsadli qiruvchi samolyot.
«Su-30SM» — 2012-yildan Rossiya HHK uchun chiqarilayotgan turi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu qiruvchi samolyotlarning bittasi $50 mln. turadi, bir soatlik parvozi esa 40 ming dollarga tushadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring