Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Erdo‘g‘on Turkiya demografiyasi bo‘yicha xavotir bildirdi

Erdo‘g‘on Turkiya demografiyasi bo‘yicha xavotir bildirdi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakat aholisining kamayishidan xavotir bildirdi

TRT Haber telekanalining xabar berishicha, u Efiopiyadan qaytayotgan samolyotda jurnalistlarga bu haqda gapirgan. Prezident Turkiya bu yil oilaviy masalalarga alohida e’tibor qaratayotganini va ularni asosiy ustuvor vazifa qilib qo‘yayotganini ta’kidladi. 

Turkiya rahbari mamlakat aholisi kamayib borayotganini va qayd etilgan raqamlar vaziyatni xavotirli holatga» tushirayotganini ta’kidladi.

Ta’kidlash kerakki, mamlakatda tabiiy tug‘ilish evaziga aholi ko‘payishi quyi nuqtaga yetgan. Turkiya statistika instituti (TÜİK)ning 2025-yil uchun ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiya aholisi 2025-yilda o‘tgan yilga nisbatan 427 224 kishiga ko‘payib, 86 092 168 kishiga yetdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring