Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Erdo‘g‘on Turkiya Markaziy banki rahbarini almashtirdi

Erdo‘g‘on Turkiya Markaziy banki rahbarini almashtirdi

Hofiz Gaye Erkan iste’foga chiqishni so‘ragach, Fotih Karaxan Turkiya Markaziy bankining yangi rahbari bo‘ldi. Bu haqda hukumatning rasmiy matbuot organi xabar berdi.

Bungacha Fotih Karaxan Turkiya Markaziy banki raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Fotih Karaxan 1982 yili Eskishehirda tug‘ilgan va 2006 yili Bosfor universitetini matematika va sanoat muhandisligi bo‘yicha tamomlagan. 2012 yilda AQShning Pensilvaniya universitetida iqtisod bo‘yicha magistr va doktorlik darajasini olgan.

Mehnat faoliyatini 2012 yilda Nyu-York Markaziy bankida iqtisodchi sifatida boshlagan. Shuningdek, u Kolumbiya va Nyu-York universitetlarida o‘qituvchi bo‘lib ham ishlagan. 2022 yil noyabr oyida u Amazon kompaniyasining bosh iqtisodchisi etib tayinlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring