Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eron Iroqdan elektr energiyasini uzib qo‘ydi

Eron Iroqdan elektr energiyasini uzib qo‘ydi

Foto:«Mehr News Agency»

Eron qarz miqdori ko‘payib ketgani sababli Iroqdan elektr energiyasini uzib qo‘ydi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Iroq elektr energiyasi vazirligi matbuot kotibi Mus’ab al-Mudarrisning aytishicha, qarzlarning yig‘ilib qolishi tufayli kecha Eron Iroqdan elektr energiyasi uzatishni kesib qo‘ygan. Shu tufayli Mayson, Zikar va Basra tumanlari aholisi elektr energiyasisiz qolgan.

Vazir Eron hukumati bilan elektr energiyasi bo‘yicha yana uchrashishini ma’lum qildi.

O‘tgan yili avgust oyida Iroq Elektr energiyasi vazirligi tomonidan tarqatilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Iroqning bir kunlik elektr energiyasiga ehtiyoji 23 ming mV ekan. Lekin Iroqda hozir bor-yo‘g‘i 15700 mV elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring