Eronning boyitilgan atomi qayerdaligi aytildi

Eronning «barcha» boyitilgan yadroviy ashyolari ayni paytda Isroil va AQSh zarbalaridan so‘ng yadroviy ob’yektlar vayronalari ostida yotibdi.
Bu haqda RIA Novosti Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchining bayonotiga asoslanib xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, shu yil iyun oyi oxirlarida AQSh havo kuchlari Erondagi uchta yadroviy ob’yekt (Fordo, Natanz va Isfahon)ga bomba tashlagandi. Voqea yuzasidan rasman bayonot bergan Donald Tramp bu zarbalarni Qo‘shma Shtatlar, Isroil va butun dunyo uchun «tarixiy lahza» deb atagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter