Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Facebook» Zaxarchenkoning surati tufayli siyosatchining akkauntini bloklab qo‘ydi

«Facebook» Zaxarchenkoning surati tufayli siyosatchining akkauntini bloklab qo‘ydi

Foto: «RIA Novosti»

«Facebook» nemis siyosatchisining akkauntini Zaxarchenkoning surati tufayli bloklab qo‘ydi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.

Siyosatchi, Kvakenbryuk shahri kengashidagi «So‘l» partiya fraksiyasi yetakchisi Andreas Maurerning ma’lum qilishicha, «Facebook» uning shaxsiy akkauntini sobiq o‘zini-o‘zi Donetsk Respublikasining rahbari deb e’lon qilgan Aleksandr Zaxarchenko bilan birga tushgan suratini e’lon qilgani uchun bloklab qo‘ygan.

«Meni «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlagan Donetsk Respublikasining sobiq rahbari Aleksandr Zaxarchenko bilan tushgan suratim sabab shaxsiy akkauntimni 24 soatga bloklab qo‘yishdi. Bu suratni «Facebook» go‘yo terrorchi guruhlarnikidek qabul qilgan», – degan Maurer.

Maurer suratni Zaxarchenkoning xotirasi uchun «Facebook»ga joylashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, Zaxarchenko shu yil 31 avgust kuni Donetsk markazidagi «Separ» kafesida sodir bo‘lgan portlash oqibatida halok bo‘lgan edi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring