Falastinda motam: G‘azo kasalxonasida qirg‘in amalga oshirildi
G‘azo sektoridagi «Al-Ahliy al-Ma’daniy» baptistlar shifoxonasiga Isroil tomonidan raketa zarbasi berildi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 800 nafardan ziyod odam halok bo‘lgan, ularning orasida yuzlab bolalar bor.
G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligi shifoxonada halok bo‘lganlarning barchasi tinch aholi vakillari bo‘lganini qayd etdi.
Isroil tomoni zarba uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmayapti.
Ekspertlar kasalxonaga Amerikada ishlab chiqarilgan JDAM raketasi bilan zarba berilganini aniqlashgan. Eslatib o‘tamiz, yaqinda AQSh Isroilga shu turdagi raketalarni yetkazib bergandi.
Falastin prezidenti Mahmud Abbos shifoxonada halok bo‘lgan qurbonlar xotirasiga mamlakatda uch kunlik motam e’lon qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter