Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘onalik futbolchiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Farg‘onalik futbolchiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Professional futbol klubi futbolchilari — Jizzax viloyatida 1993 yilda tug‘ilgan Q.B hamda Surxondaryo viloyatida 1994 yilda tug‘ilgan A.S. ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs ularning bank kartalaridagi umumiy 18.341.250 so‘m pullarini yechib olinganligini bildirishgan.

Ma’lum qilinishicha, tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida  pullarni o‘zlashtirgan shaxs futbol klubi a’zosi — Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida yashovchi 2004 yilda tug‘ilgan M.M. ekanligi aniqlangan.

M.M. ushbu jinoyatni futbol klubi jamoasi mashg‘ulotlar o‘tkazgan vaqtda futbolchilar buyumlari qoldirilganligidan foydalanib, telefon qurilmalaridan bank kartasi ulangan sim-kartalarni o‘zining qurilmasiga o‘tkazib, SMS-xabarnomalarni qo‘lga kiritish yo‘li bilan amalga oshirganligi ma’lum bo‘ldi.

M.M.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring