Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

FIFA The Best. Luka Modrich — yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

FIFA The Best. Luka Modrich — yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

Foto: «championat.com»

Kecha, 24-sentyabr sanasida London shahrida FIFA tasnifiga ko‘ra 2018-yilning eng yaxshi futbolchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda «Real Madrid» hamda Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich yilning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Bu sovrin uchun kurashda u Krishtianu Ronaldu hamda Muhammad Salohni ortda qoldirdi.

Shuningdek, yilning eng chiroyli goli sovrini Muhammad Salohga, mavsumning eng yaxshi murabbiyi Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Deshamga, eng yaxshi darvozabon sovrini Tibo Kurtuaga nasib etdi.

Yilning ramziy terma jamoasidan esa quyidagi futbolchilar o‘rin oldi:

Darvozabon: David de Xea

Himoyachilar: Dani Alves, Rafael Varan, Serxio Ramos, Marselo.

Yarim himoyachilar: Luka Modrich, N’Golo Kante, Eden Azar.

Hujumchilar: Lionel Messi, Kilian Mbappe, Krishtianu Ronaldu.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring