Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«GM Uzbekistan» yana 30 mingga yaqin avtomobilni sotuvga qo‘yadi

«GM Uzbekistan» yana 30 mingga yaqin avtomobilni sotuvga qo‘yadi

«GM Uzbekistan» AJ sentyabr oyida shartnoma tuzadigan xaridorlarga noyabr oyida avtomobil olish uchun 29 314 dona shartnomalar mavjudligini ma’lum qildi.

Shundan – 3 523 dona «Damas», 680 dona «Labo», 108 dona «Matiz», 2 145 dona «Spark», 7 889 dona «Nexia», 8 173 dona «Cobalt», 5 522 dona «Lacetti», 996 dona «Malibu», 278 dona «Captiva».

Har bir mijoz «GM Uzbekistan» AJning rasmiy saytidagi ushbu havola orqali  kunlik tuzilgan shartnomalar ro‘yxatini tekshirib borishi, shuningdek avtosalonlarda shartnoma tuzish uchun mavjud avtomobillar ro‘yxati bilan modellar va dilerlik korxonalar kesimida tanishib borishi mumkin.

«Saytdagi barcha ma’lumotlar kunlik tarzda yangilanib boradi va kelasi kunning soat 09:00 gacha faol sanaladi. Dilerlik korxonalarida mavjud avtomobillar kun davomida shartnoma tuzilgan avtomobillarga qarab o‘zgarib borishi mumkin», - deyiladi kompaniya xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring