Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Green Card» uchun ariza topshirish qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

«Green Card» uchun ariza topshirish qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi O‘zbekiston fuqarolari 3 oktyabrdan «Green Card» lotereyasi uchun ariza topshirishni boshlashi mumkinligini ma’lum qildi.

2020 yil «Turli millatga mansub immigrantlar vizasi – Grin Kard lotereyasi» dasturida (DV-2020) mamlakatlar ro‘yxatida o‘zgarish yo‘q, ya’ni O‘zbekistonda tug‘ilgan barcha shaxslar bir marta, ism-sharifi pasportida yozilganiga aniq muvofiq holda, olinganiga 6 oydan oshmagan fotosurat bilan hamda barcha oila a’zolarini qo‘shib ariza topshirish huquqiga ega.

Green Card uchun ariza topshirish tekin. Arizalar dvlottery.state.gov manzilida 3 oktyabrdan 6 noyabrga qadar topshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring