Gulistonda MChJ bo‘lim mutaxassisi qo‘lga tushdi
Guliston shahrida tadbirkorning suv ta’minotidan 17 mln so‘m qarzdorligini bartaraf qilib berishni va’da qilgan mutaxassis ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston shahri bo‘limi xodimlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “S.I.T.” MChJ bo‘lim mutaxassisi E.V. YaTT A.R.ning ishlab chiqarish sexida suv ta’minotidan 17 mln so‘m qarzdorligini yo‘q qilib, yangi hisoblagich o‘rnatib berishi evaziga MChJ xodimi Q.J. orqali 4,5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter