Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistondagi tijorat tashkilotlarining qariyb 80 foizi — MChJ

O‘zbekistondagi tijorat tashkilotlarining qariyb 80 foizi — MChJ

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-iyun holatiga O‘zbekistonda 430,9 mingta tijorat tashkiloti faoliyat yuritmoqda.

Ulardan 343,6 mingtasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) bo‘lib, bu umumiy korxonalar sonining 79,7 foizini tashkil etdi.

Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha korxonalar soni quyidagicha:

  • Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar — 343 584 ta (79,7 foiz);
  • Xususiy korxonalar — 46 515 ta (10,8 foiz);
  • Oilaviy korxonalar — 36 697 ta (8,5 foiz);
  • Aksiyadorlik jamiyati — 645 ta (0,2 foiz);
  • Boshqalar — 3 496 ta (0,8 foiz).
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring