Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hokim o‘rinbosarlari prezident akademiyasida malakasini oshiradi

Hokim o‘rinbosarlari prezident akademiyasida malakasini oshiradi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiallari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.

Unga ko‘ra, davlat boshqaruvi akademiyasi va uning hududiy filiallarida 2018–2019-o‘quv yilida mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, shuningdek, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar boshqaruv kadrlarining malaka oshirish jadvali tasdiqlandi. Yanvar va fevral oylarida respublikaning barcha tuman (shahar) hokimlarining o‘rinbosarlari malaka oshiradi.

Shuningdek, xo‘jalik boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar, tadbirkorlik sub’yektlarining buyurtmalariga ko‘ra to‘lov-kontrakt asosida malaka oshirishadi.

Akademiya Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda har yili sentyabr oyidan boshlab hududiy filiallarda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini tatbiq etgan holda yuqori saviyada mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari hamda boshqa davlat tashkilotlari boshqaruv kadrlarining malakasini oshirish kurslarini tashkil etiadi.

Malaka oshirish kurslari tinglovchilari Akademiyaning Axborot-resurs markazi elektron adabiyotlar fondidan bepul foydalanadi. Bundan tashqari, ish joyidan ajralgan holda malaka oshirish kurslari va o‘quv-amaliy seminarlarga yuboriladigan tinglovchilarga, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sutkalik va transport xarajatlari qoplanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring