Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Homilador ayol tatuirovka sababli bolasidan ayrildi va nogiron bo‘lib qoldi

Homilador ayol tatuirovka sababli bolasidan ayrildi va nogiron bo‘lib qoldi

Foto: «RIA Novosti»

Kolumbiyada yashovchi ayol homiladorlik payti tatuirovka qildirgani uchun ham farzandidan ayrildi, ham nogiron bo‘lib qoldi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.

16 yoshli qiz homiladorlik paytida o‘ng ko‘ksi ostiga bir nechta so‘zlarni o‘yib yozdirgani tufayli organizmiga bakteriya tushgan. Shifokorlarning aytishicha, u infeksiya sababli endi aslo yura olmaydi.

Bundan tashqari, tatuirovka ostidagi suyuqlik chiqarib tashlanganidan so‘ng qiz ko‘richak bo‘lib qolgan. Shu bois u juda ko‘p dori iste’mol qilgan va oqibatda bolasi ham nobud bo‘lgan.

U tatuirovkaning xavfidan boshqalarni ogohlantirish maqsadida o‘zining muammolarini qanday bartaraf etganini aytib berishga qaror qilgan.  

«Boshqa yura olmasligimni bilish juda og‘ir bo‘ldi. Meni onam qo‘llab-quvvatlayapti», – deydi u.

Ayni damda qiz yangi operatsiya uchun pul to‘plamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring