Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki karra YChL g‘olibi APLga yo‘llanma oldi

Ikki karra YChL g‘olibi APLga yo‘llanma oldi

Foto: «Prosports»

Dunyoning eng keksa klublaridan biri «Nottingem Forest», 23 yillik tanaffusdan so‘ng, Angliya premer-ligasiga yo‘llanma oldi.

APLga 3-yo‘llanma uchun «Haddersfild Taun» (Chempionshipda 3-o‘rin) va «Nottingem Forest» (4-o‘rin) o‘rtasida kurash kechdi. O‘yinning 43-daqiqasida «Haddersfild» himoyachisi Levi Koluill o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi. Yakunda ushbu avtogol hal qiluvchi bo‘ldi — 1:0 hisobidagi g‘alaba «Nottingem Forest»ni oliy divizionga eltdi.

«Fulxem» va «Bornmut» Premer-ligaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oldi.

1865-yilda asos solingan «Nottingem Forest» bir marta Angliya chempioni bo‘lgan va hozir ishonish qiyin — qatorasiga ikki marta (1979, 1980-yillar) Yevropa chempionlar ligasi kubogini egallagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring