Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki nafar sudya vazifasidan ozod etildi

Ikki nafar sudya vazifasidan ozod etildi

Ikki nafar sudya vazifasidan ozod etildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Unga ko‘ra:

Sharipov Jamol Rajabovich – yozma arizasiga binoan Buxoro viloyat ma’muriy sudining sudyasi lavozimidan;

Ibodullayev Jasur Ibodullayevich – yozma arizasiga binoan hamda sudyalik qasamyodini buzganligi uchun Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Sherobod tumanlararo sudining raisi lavozimidan ozod etilib, vakolati muddatidan ilgari tugatildi.

Bundan tashqari  uch nafar  nomzod  ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlandi, deyilada xabarda. Ya’ni:

Raximov Soyibjon Abdusamadovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning besh yillik muddatiga Namangan viloyati Namangan tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga;

Darvishaliyev G‘ayratali Umataliyevich – sudyalik lavozimida bo‘lishning besh yillik muddatiga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Seytnazarov Adilbek Djoldasovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning besh yillik muddatiga Sirdaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring