Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilk marta: BMT O‘zbekiston rezolyusiyasini qabul qildi

Ilk marta: BMT O‘zbekiston rezolyusiyasini qabul qildi

9 oktyabr kuni Jenevada BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi (IHBK) a’zo-davlatlari O‘zbekiston tomonidan tayyorlangan COVID-19 pandemiyasining yoshlar huquqlariga ta’siri haqidagi rezolyutsiyasini bir ovozdan qabul qilgan.

Tashqi ishlar vazirligining faqat rus tilida e’lon qilingan xabarida aytilishicha, bu O‘zbekistonning BMTga taqdim etgan ilk rezolyusiyasidir. Rezolyutsiyani IHBKning barcha 47 a’zo-davlati qo‘llab-quvvatlagan, 37 tasi hammuallif sifatida qo‘shilgan.

"Ushbu hujjat davlatlarni yoshlarga teng imkoniyatlar yaratishga, COVID-19 pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish sharoitida ularning huquq va erkinliklarini ta’minlashga ko‘maklashishga chaqiradi", deyiladi faqat rus tilidagi axborotda.

Qayd etilishicha, rezolyutsiyani tayyorlashda 70 davlatdan yuzlab mutaxassislar, BMT vakillari ishtirok etgan, 300 dan ortiq talab va takliflar to‘planib, jamlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring