Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Mask jahonning ikkinchi eng boy kishisiga aylandi

Ilon Mask jahonning ikkinchi eng boy kishisiga aylandi

Foto:«Ferra.ru»

Space X va Tesla rahbari Ilon Mask dunyoning eng boy odamlari reytingida ikkinchi o‘ringa chiqdi. Mask Microsoft asoschisi Bill Geytsdan o‘zib ketgan. Bloomberg Billionaires Index (BBI) ma’lumotlari shundan dalolat bermoqda.

Ta’kidlanishicha, Maskning boyligi 127,9 milliard dollarga ko‘paygan, yil davomida u 100,3 milliard dollar ishlab topgan.

Bill Geyts bu safar 127,7 milliard dollar bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Amazon asoschisi Jeff Bezos milliaderlar yetakchisi bo‘lib qolmoqda, uning boyligi 182 milliard dollarga baholanmoqda.

Shuningdek, kuchli beshlikdan Bernar Arno va Mark Sukerberg o‘rin egalladilar.

Skrinshot: Bloomberg Billionaires Index

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring