Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Indoneziyada ikki miyali, lekin bir boshli bola tug‘ildi

Indoneziyada ikki miyali, lekin bir boshli bola tug‘ildi

Foto: «Gazeta.ru»

Indoneziyada ikki yuzli, ikki miyali, lekin bir boshli bola tug‘ildi, deya xabar beradi «Gazeta.ru».

Shifokorlarning fikricha, boladagi nuqson ona qornida homilaning tuxumlarini ajratishda yuzaga kelgan muammodan kelib chiqqan.

Bolaning bir yuzi va miyasini olib tashlash juda xavfli.

Bolaning ota-onasi shifokorlardan farzandini qutqarib qolishlarini so‘rashyapti. Biroq bunday operatsiya o‘tkazish uchun bola tug‘ilgan joyda zamonaviy tibbiyot jihozlari yo‘q. Ota-onaning operatsiya o‘tkazish uchun mablag‘i ham yetarli emas. Shifokorlar yangi tug‘ilgan Gilanga Adikaning uzoq yashashidan umid qilishmayapti.

Chaqaloqning onasi Ernilasarining aytishicha, u homiladorlik payti qornidagi bolaning g‘aroyib xatti-harakatlarini sezmagan. Shifokorlar tekshiruv o‘tkazib, homilada nuqson borligini aytishgan. Onaning so‘zlariga qaraganda, shifokor unga bolaning boshi kattarib ketayotganini aytgan.

Bolada juda kam uchraydigan «diprozop» nuqsoni bo‘lgan. Bunday bolalar tug‘ilganidan so‘ng ko‘p yashamaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring